Jahon

Suriya rahbari AQSHga boradi

So‘nggi marta Suriya vakili Oq uyga 1999-yil dekabr oyida tashrif buyurgan edi.

Suriya rahbari AQSHga boradi

 

Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara 10-noyabr kuni AQSHga tashrif buyuradi va Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu haqda AQSHning Turkiyadagi elchisi, hamda Trampning Livan va Suriya bo‘yicha maslahatchisi Tom Barrak “Axios” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

Tom Barrakga ko‘ra, ash-Sharaning AQSHga kelishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni qayta tiklash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi.

 

“Axios” maʼlumotlariga ko‘ra, safar davomida al-Shara Suriyaning ISHIDga qarshi kurashayotgan AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilishi bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirgan. 

 

Bundan avval Donald Tramp maʼmuriyati Kongressning Suriya bo‘yicha sanksiyalarni to‘liq bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlagan edi.

 

Mazkur sanksiyalar 2020-yil iyun oyida kuchga kirgan “Sezar qonuni” doirasida joriy etilgan bo‘lib, ular Suriya hukumati va u bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalarga — ayniqsa energetika va qurilish sohalarida — nisbatan qo‘llanilgan edi.

 

Tramp maʼmuriyati ilgari bu sanksiyalarni vaqtincha yumshatgan, ammo ularni butunlay bekor qila olmas edi. Chunki bu vakolat faqat Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak.

 

So‘nggi marta Suriya vakili Oq uyga 1999-yil dekabr oyida tashrif buyurgan edi. O‘shanda tashqi ishlar vaziri Faruq ash-Shara Isroil bilan muzokaralarda qatnashgan.

 

Ahmad ash-Sharaning bu safaridan so‘ng AQSH vositachiligida Suriya va Isroil o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning beshinchi bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda.

 

Tom Barrakning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muzokaralarning maqsadi — yil yakuniga qadar ikki davlat chegarasida xavfsizlik bo‘yicha bitimga erishish maqsad qilingan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Suriya rahbari AQSHga boradi | Zamon.uz