Toshkentdagi sexda yong‘in yuz berdi
Ayni paytda yong‘inni FVB xodimlari o‘chirmoqda

Bugun, 4 noyabr kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexlaridan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 11:58 da 112-tizimi orqali Yangihayot tumani Binokor qo‘rg‘oni Sholikor ko‘chasida joylashgan penoplast ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:08 da yong‘in joyiga yetib borib, hozirda o‘chirilmoqda.
“Tan jarohati olganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmadi. Qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.







