O'zbekiston

Endi xorijdagi migrant ayollar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Bu bo‘yicha Xalqaro Migratsiya Tashkiloti bilan memorandum imzolandi.

Endi xorijdagi migrant ayollar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

“Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) o‘rtasida migrantlar oilalaridan bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Imzolangan memorandum doirasida tomonlar bir nechta hamkorlik yo‘nalishlarini belgiladilar. Xususan, migrantlar oilalaridagi ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun grant va o‘quv dasturlari orqali moliyaviy manbalarni jalb etish rejalashtirilgan. Ayollarning barqaror daromad topishiga va iqtisodiy zaiflikni kamaytirishga xizmat qiluvchi manzilli grant mexanizmlari ishlab chiqiladi. Shuningdek, tajriba almashish va biznes uyushmalari bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan mentorlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Dasturlar samaradorligini oshirish uchun monitoring va baholash tizimi joriy etiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining konsultanti – Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha Loyiha ofisi rahbari Nozimaxon Davletova bu borada “Ayollarning imkoniyatlarini kengaytirar ekanmiz, biz ularni nafaqat qo‘llab-quvvatlamaymiz, balki oilalarning o‘zgarishi uchun sharoit yaratamiz. Bu oilaviy byudjetni oqilona boshqarish, pul o‘tkazmalaridan samarali foydalanish va iqlim o‘zgarishlariga nisbatan uy xo‘jaliklarining bardoshliligini oshirishga xizmat qiladi” deya taʼkidlab o‘tdi.

 

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi xorijdagi migrant ayollar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi | Zamon.uz