O'zbekiston

Harbiy oliy ta’lim bitiruvchilari uchun 5 yillik majburiy xizmat tartibi joriy etildi

Xizmatni o‘tamaslik yoki tark etish holatlarida o‘qish xarajatlari davlatga qoplab beriladi.

Harbiy oliy ta’lim bitiruvchilari uchun 5 yillik majburiy xizmat tartibi joriy etildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining xizmat o‘tash tartibini belgilovchi qaror imzolandi. Yangi hujjatga ko‘ra, oliy harbiy ta’limni tamomlagan shaxslar kamida besh yil davomida ofitser sifatida harbiy xizmatni o‘tashi shart etib belgilandi.

 

Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.

 

Qarorga muvofiq, belgilangan muddatda xizmatni o‘tashdan bosh tortgan yoki xizmatni sababsiz tark etgan bitiruvchilarni tayyorlash uchun sarflangan davlat xarajatlari ular tomonidan qoplab beriladi.

 

Mazkur tartib ilgari amal qilgan tizimdan farq qiladi. Avval oliy harbiy o‘quv yurtlari bitiruvchilari Qurolli Kuchlar bilan bir qatorda boshqa vazirlik va idoralar tizimida ham xizmatga jalb etilishi mumkin edi. Endilikda esa bitiruvchilarning bevosita harbiy xizmatni o‘tashi majburiy tartibda mustahkamlab qo‘yildi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"