O'zbekiston

O‘zbekistonda qariyb 150 ming kishi o‘ziga-o‘zi kredit olishni taqiqlagan

Tahlil natijalariga ko‘ra, gender jihatdan erkaklar ikki barobar ko‘proq ustunlik qiladi.

O‘zbekistonda qariyb 150 ming kishi o‘ziga-o‘zi kredit olishni taqiqlagan

 

2025-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, 149 ming 465 nafar jismoniy shaxs kredit berishda o‘z-o‘ziga taqiqlash bo‘yicha “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan. Bu haqda Kredit-axborot tahlil markazi kredit byurosi maʼlum qildi. 

 

Taqiq qo‘yganlar orasida 101,4 mingdan ortig‘i erkaklar, 47,9 ming kishi ayollarni tashkil qiladi.

 

Kredit olish uchun o‘z-o‘zini tasdiqlashdan 25-35 yoshdagi fuqarolar eng faol foydalangan. Bu yoshdagi foydalanuvchilar umumiy foydalanuvchilarning uchdan bir qisimini tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarda 36-45 yoshlilar (25 foiz) va 26 yoshgacha bo‘lganlar (19,2 foiz) tashkil qiladi.

 

Kredit olishni o‘ziga o‘zi taqiqlash xizmati iyun oyida ishga tushirilganida, undan 33,1 mingdan ortiq kishi foydalangan. Iyul oyida 37,6 ming, avgustda 37,8 ming, sentyabr oyida esa 108 ming 658 nafar kishi KATMdan foydalangan. Oktyabr oyi uchun tahlil hali eʼlon qilinmadi.

 

Maʼlumot uchun, mazkur amaliyot joriy yilning 6-iyun kuni ishga tushirilgan edi. Undan Kredit-axborot tahliliy markazi kredit byurosi saytidan bepul foydalanish mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda qariyb 150 ming kishi o‘ziga-o‘zi kredit olishni taqiqlagan | Zamon.uz