Samarqand aholi soni bo‘yicha O‘zbekiston bo‘yicha yetakchiga aylandi
Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha reytingni e’lon qildi.

O‘zbekistonning eng ko‘p aholiga ega hududi aniqlandi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha Samarqand viloyati aholi soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Hududda 4,3 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi.
Farg‘ona viloyati 4,2 million aholisi bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Qashqadaryo viloyati esa qariyb 3,7 million aholisi bilan reytingda uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Aholi soni bo‘yicha ilk beshlikka, shuningdek:
Andijon viloyati — 3,5 mln aholi,
Toshkent shahri — 3,1 mln dan ortiq aholi kiradi.
Shuningdek, Namangan va Toshkent viloyati aholisi har birida 3,1 million nafardan sal kamroqni tashkil etadi.
Aholisi eng kam bo‘lgan hududlar sifatida Sirdaryo viloyati (942 ming kishi) va Navoiy viloyati (1,1 mln kishi) qayd etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek Buxoro va Xorazm viloyatlarida har birida qariyb 2 million nafardan aholi istiqomat qiladi.







