Shimoliy Koreya Rossiyaga 5 ming harbiy yubordi
KXDR qo‘shinlari Rossiya- Ukraina chegarasida infratuzilmani tiklash va mina tozalash ishlariga jalb qilinmoqda.

Kuz boshidan buyon Shimoliy Koreya Rossiyaga “infratuzilmani tiklash” bo‘yicha yordam berish uchun 5 mingga yaqin muhandis va quruvchi askar yuborgan. Bu haqda Janubiy Koreya qonunchisi Lee Seong-kweun ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda Rossiya- Ukraina chegarasi yaqinida taxminan 10 ming Shimoliy Koreya harbiylari joylashgan, shuningdek, mingga yaqin KXDR sapyorlari maydonlarni minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda. Seulning razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha qo‘shinlarni safarbar etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, Shimoliy Koreya o‘z qo‘shinlarini yuborgan evaziga Rossiyadan moliyaviy yordam, harbiy texnologiyalar hamda oziq-ovqat va energiya resurslarini olmoqda. Bu ularga yadroviy va raketa dasturlari bo‘yicha jahon sanksiyalaridan qisman chekinishga imkon yaratgan.
Shuningdek, Janubiy Koreya razvedkasining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina urushida kamida 600 Shimoliy Koreya askari halok bo‘lgan va minglab askarlar jarohatlangan.







