O'zbekiston

Toshkent viloyatida Soliq inspeksiya xodimi va Navoiyda sport maktabi rahbari pora bilan ushlandi

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida Soliq inspeksiya xodimi va Navoiyda sport maktabi rahbari pora bilan ushlandi

 

Toshkent viloyati Soliq boshqarmasining sayyor soliq tekshiruvlari bo‘limi katta inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, Angren shahrida faoliyat yurituvchi, bog‘dorchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshiruvini ijobiy hal qilib, 1 yil davomida soliq organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga xo‘jalik rahbaridan 5 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliq inspektori o‘z harakatlari qonunga xilof ekanligini bilgani holda, ushbu pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Boshqa holatda esa Navoiy viloyatidagi tumanlardan biridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori hamda bosh hisobchisi o‘zaro til biriktirib, maktab murabbiyiga ajratilishi lozim bo‘lgan xizmat safari pulidan qo‘shtirnoq ichida ulush olishni reja qilishadi.

 

Xususan, ular joriy yilning mart va may oylarida para yengil atletika sport turi bo‘yicha murabbiy 8 nafar sportchi bilan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etganligi bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan jami 40 mln 722 ming so‘m miqdoridagi xizmat safari pullarini to‘lab berish evaziga ushbu summadan 40 foizini, yaʼni 16 mln so‘mdan ortiqroq qismini berishini talab qilishadi.

 

So‘ngra bosh hisobchi murabbiyning bank plastik kartasiga xizmat safari puli hisobidan 10 mln so‘m o‘tkazib berib, shundan 3 mln. so‘mni pora sifatida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

00

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida Soliq inspeksiya xodimi va Navoiyda sport maktabi rahbari pora bilan ushlandi | Zamon.uz