O'zbekiston

Turkiya Milliy ta’lim vaziri O‘zbekiston bilan ta’lim hamkorligini rivojlantirish va yangi maktablar ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Hozirda O‘zbekistonda 50 nafar turk o‘qituvchisi faoliyat yuritmoqda, Toshkentdagi ikki turk maktabida esa jami 693 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Turkiya Milliy ta’lim vaziri O‘zbekiston bilan ta’lim hamkorligini rivojlantirish va yangi maktablar ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

 

Turkiya Respublikasi Milliy Ta’lim Vaziri Prof. Dr. Yusuf Tekin UNESCO 43-umumiy yig‘ilishida Turkiya nomidan ishtiroki davomida O‘zbekistonda, xususan, Samarqand va Buxoroda bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu ikki shahar nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki ikki davlat o‘rtasidagi chuqur do‘stlik va birodarlik aloqalarining ramzi hisoblanadi.

 

O‘rxun yodgorliklaridagi Bilge Xoqon so‘zlari, Navoiy va Abdulhamid Suleymanov Cho’lpon ijodidagi she’rlar o‘zbek-turk birodarligining ming yillik tarixini va bugungi kun aloqalarining qadrini ifodalaydi. Bu ruh, ta’lim, madaniyat va tarbiya orqali mustahkamlanmoqda.

 

Sayohat davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Ezazxon Karimova o‘rtasida ikki davlat do‘stligini mustahkamlash, Istanbul va Toshkentdagi maktablar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha samarali muzokaralar o‘tkazildi. Shu bilan birga, ikki mamlakatning ta’lim tizimlari o‘rtasida innovatsion loyihalar, pedagogik kadrlarni tayyorlash, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish, o‘quv dasturlari va darsliklar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

Ta’lim diplomatiyasi konsepsiyasi doirasida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘quv muassasalari va dasturlar orqali strategik hamkorlik kengaytirildi. Hozirda O‘zbekistonda 50 nafar turk o‘qituvchisi faoliyat yuritmoqda, Toshkentdagi ikki turk maktabida esa jami 693 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, 14 ta ta’lim muassasasida turk tilini o‘qitish va madaniyatni o‘rgatish ishlari olib borilmoqda.

 

2025-yil 1-noyabrda Samarqand shahrida imzolangan protokol ikki mamlakat ta’lim hamkorligini yangi bosqichga olib chiqdi. Shu doirada Toshkentda turk maktabi binosi uchun yer ajratildi, Istanbuldagi Bakirko‘y tumanida esa O‘zbekiston fuqarolari uchun maktab ochish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi doimiy va barqaror hamkorlikning namunasidir.

 

Vazir Prof. Dr. Yusuf Tekin sayohat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga, shuningdek, hamkorlik qilgan barcha rasmiylarga va oliy o‘quv yurtlari jamoasiga minnatdorlik bildirdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jaga minnatdorlik izhor qilindi.

 

Ushbu sayohat ikki davlat do‘stligini mustahkamlash va ta’lim diplomatiyasi orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam birodarlik aloqalarini yaratish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Turkiya Milliy ta’lim vaziri O‘zbekiston bilan ta’lim hamkorligini rivojlantirish va yangi maktablar ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi | Zamon.uz