O'zbekiston

UNESCO tomonidan 15-dekabr Butunjahon Turk tillari kuni sifatida belgilandi

Ushbu sana Vilgelm Tomsen tomonidan O‘rxun bitiklari alifbosining o‘qilishi e’lon qilingan kun bilan bog‘liq.

UNESCO tomonidan 15-dekabr Butunjahon Turk tillari kuni sifatida belgilandi

Samarkand shahrida bo‘lib o‘tayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida har yili 15-dekabr sanasini Butunjahon Turk tillari kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

Mazkur tashabbus Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan ilgari surildi hamda 21 davlatning qo‘llab-quvvatlashi bilan Bosh konferensiya kun tartibiga kiritildi.

 

15-dekabr sanasining tanlanishi ramziy ma’noga ega. Aynan 1893-yilning shu kuni daniyalik mashhur olim Vilgelm Tomsen ilk bor O‘rxun–Enasoy bitiklari alifbosini o‘qib chiqqanini e’lon qilgan. Ushbu yozma yodgorliklar turkiy tillar tarixi va ildizlarini isbotlovchi eng qadimiy manbalardan biri sifatida e’tirof etiladi. O‘sha ildizlardan bugungi o‘zbek, turk, ozarbayjon, qozog‘iston, qirg‘iz, turkman va boshqa turkiy tillar shakllangan.

 

Qabul qilingan rezolyutsiyada ta’kidlanishicha, Butunjahon Turk tillari kunining joriy etilishi UNESCOning til va madaniy xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash, og‘zaki merosni asrash, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda mintaqaviy va global hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor maqsadlariga hamohangdir.

 

Mazkur sana doirasida har yili turli ilmiy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar — ko‘rgazmalar, adabiy uchrashuvlar, ma’ruzalar, sahna ko‘rinishlari, taqdimotlar hamda turkiy xalqlar merosini targ‘ib qiluvchi madaniy loyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Maqsad — turkiy tillarning dunyo sivilizatsiyasidagi o‘rni va hissasini keng ommaga yetkazish, yosh avlodda til, madaniyat va tarixga hurmatni mustahkamlashdir.

 

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda turkiy tillarda dunyoning qariyb 12 mln kvadrat kilometr hududida yashovchi 200 milliondan ortiq aholi so‘zlashadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

UNESCO tomonidan 15-dekabr Butunjahon Turk tillari kuni sifatida belgilandi | Zamon.uz