Jahon

Zohran Mamdani Nyu-York merligi saylovlarida g‘alaba qozondi

34 yoshli siyosatchi Kuomo va Slivani ortda qoldirdi va Nyu-York tarixida ilk musulmon hamda eng yosh mer bo‘ldi.

Zohran Mamdani Nyu-York merligi saylovlarida g‘alaba qozondi

 

AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan mer saylovlarida demokratlar partiyasi nomzodi Zohran Mamdani g‘olib chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

 

34 yoshli Mamdani saylovda mustaqil nomzod Endryu Kuomo hamda Respublikachilar partiyasidan nomzod Kyortis Slivani ortda qoldirdi. U Nyu-York tarixida ushbu lavozimni egallagan birinchi musulmon va eng yosh mer bo‘lib qoladi.

 

Mamdani saylovoldi dasturida uy-joy ijarasi bozorini tartibga solish, jamoat transporti yo‘nalishidagi avtobus xizmatini bepul qilish hamda bolalarni parvarishlash xizmatlari narxini nazorat ostiga olishni va’da qilgan.

 

Avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlarini Kuomoga ovoz berishga chaqirgan va Mamdani g‘alaba qozongan taqdirda Nyu-Yorkka federal moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qilgan edi. Mamdani esa Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan nomzodlarni tanqid qilib, bu holat “MAGA harakati manfaatlarini aks ettirishi”ni ta’kidlagan.

 

Nyu-York Hisob palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar yiliga qariyb 7,4 mlrd dollar miqdorida federal mablag‘ oladi, bu esa shahar byudjetining 6,4 foizini tashkil etadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Zohran Mamdani Nyu-York merligi saylovlarida g‘alaba qozondi | Zamon.uz