Jahon

2025-yil boshidan buyon aviahalokatlarda 400 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Eng yirik fojia Hindistonda 260 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Air India samolyoti halokati hisoblanadi.

2025-yil boshidan buyon aviahalokatlarda 400 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

 

2025-yilning o‘tgan davri davomida dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan aviahalokatlar oqibatida 400 nafardan ortiq inson hayotdan ko‘z yumdi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi o‘n yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqori. Taqqoslash uchun, oxirgi 10 yilda yiliga o‘rtacha 284 kishi aviahalokatlar qurboniga aylangan.

 

Yilning eng yirik fojealaridan biri 12-iyun kuni Hindistonning Ahmadobod shahrida kuzatildi — Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787 Dreamliner samolyoti halokati natijasida 260 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari vafot etdi.

 

Shuningdek, bir qator boshqa jiddiy aviahalokatlar ham qayd etildi. Xususan:

  • AQShning Kentukki shtati, Luisvill shahrida UPS yuk tashuvchi samolyoti qulab tushishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi.
  • Noyabr oyida Turkiyaning AirACT aviakompaniyasiga tegishli yuk samolyoti Gonkong aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan, natijada 2 ekipaj a’zosi vafot etgan.
  • American Airlines aviakompaniyasining 5342-reysi esa Vashington yaqinida harbiy vertolyot bilan to‘qnashuvi oqibatida halokatga uchrab, qurbonlar sonining oshishiga sabab bo‘ldi.

 

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil va 2018-yillar aviahalokatlar bo‘yicha eng fojeali davrlardan biri bo‘lgan — o‘sha yillarda halok bo‘lganlar soni yiliga 500 nafardan oshgan. Statistikaga yuk ko‘tarish quvvati 5,4 tonna va undan ortiq bo‘lgan, shuningdek 17 nafardan ko‘p yo‘lovchiga mo‘ljallangan samolyotlar kiritilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

2025-yil boshidan buyon aviahalokatlarda 400 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz