Jahon

Afg‘onistonda burqasiz ayollarning davlat idoralariga kirishi taqiqlanmoqda

UNAMA ma’lumotiga ko‘ra, ayrim viloyatlarda ayollar shifoxonalarga ham kiritilmayapti.

Afg‘onistonda burqasiz ayollarning davlat idoralariga kirishi taqiqlanmoqda

 

“Tolibon” harakati tomonidan qabul qilingan yangi tartibga ko‘ra, burqa kiygan ayollargina davlat idoralariga kirish huquqiga ega bo‘lishi belgilandi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda bir qator davlat organlarida ayollarning burqasiz holda binoga kirishi cheklangan. Jumladan, Aholini ro‘yxatga olish idorasi, Ta’lim vazirligi hamda Qamoqxonalar bosh boshqarmasi binolarida mazkur taqiq kuzatilgan. Xususan, Hirot viloyatida kamida 50 nafar ayolning viloyat ta’lim boshqarmasiga kirishiga yo‘l qo‘yilmagani bildirilmoqda.

 

Ayni choralar hozircha Afg‘onistonning bir necha viloyatlarida amaliyotga tatbiq etilgan. Manbalarning qayd etishicha, ushbu qaror ayollarni burqa kiyishga majburlashga qaratilgan.

 

BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobotda, Kunar, Qandahor va Xost viloyatlarida burqasiz ayollarning shifoxonalarda tibbiy xizmatdan foydalanishi ham cheklangani ta’kidlangan. Shuningdek, tibbiyot muassasalari xodimlariga hijob taqmagan ayol bemorlarni qabul qilmaslik bo‘yicha ogohlantirish berilgan.

 

Bundan tashqari, ayollarning shifoxona va tibbiyot markazlariga kirishida ham bir qator cheklovlar kuchaytirilgan. Afg‘onistonda qizlarning yuqori sinflarda ta’lim olishi hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi taqiqlanib qolmoqda. Akusherlik va hamshiralik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga darslarga bormaslik topshirig‘i berilgani oqibatida ularning ta’limni davom ettirish imkoniyati cheklab qo‘yilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afg‘onistonda burqasiz ayollarning davlat idoralariga kirishi taqiqlanmoqda | Zamon.uz