O'zbekiston

Farg‘onada tadbirkorlarga ajratilgan 1,4 mlrd so‘mlik subsidiya noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rganishi natijasida bir nechta hududlarda mablag‘lar maqsadsiz sarflangan va talon-toroj qilinganligi maʼlum bo‘ldi.

Farg‘onada tadbirkorlarga ajratilgan 1,4 mlrd so‘mlik subsidiya noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan subsidiya mablag‘laridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi.

 

O‘rganish Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 iyuldagi qarori asosida ajratilgan subsidiya mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan. Natijaga ko‘ra, 2023–2024 yillarda ajratilgan jami 9,3 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘larining 1,4 mlrd so‘mdan ortig‘i turli sxemalar orqali o‘zlashtirilgan.

 

Aniqlangan buzilishlar:

 

  • Uchko‘prik tumanida ikki korxona 37 nafar kasanachiga yetkazilishi kerak bo‘lgan 309,4 mln so‘mlik uskunalarni bermagan.

 

  • Rishton tumanida bir korxona 42 nafar kasanachilar uchun ajratilgan 277,2 mln so‘mni maqsadsiz ishlatgan.

 

  • Bog‘dod tumanida ikki korxona 54 nafar kasana chi nomidan 275 mln so‘mni o‘zlashtirgan.

 

  • Beshariq tumanida bir korxona 33 nafar fuqaroga tegishli 192,4 mln so‘mlik uskunalarni topshirmagan.

 

  • Qo‘qonda bir korxona 17 nafar kasanachiga mo‘ljallangan 160,5 mln so‘mlik uskunalarni yetkazmagan.

 

  • Farg‘ona tumani, Farg‘ona shahri va Dang‘ara tumanlarida jami 255,3 mln so‘m talon-toroj qilingan.

 

Shuningdek, 6 nafar fuqaroga ikki marotaba subsidiya ajratilishi natijasida 34,9 mln so‘m asossiz sarflangani, avval subsidiya olgan 47 nafar shaxsga qayta 300,1 mln so‘m ajratilgani aniqlangan.

 

Agentlik nazarida, subsidiya ajratilishi ustidan nazorat qilishi lozim bo‘lgan mahalliy boʼlimlar va masʼul xodimlar tomonidan jiddiy eʼtiborsizlik va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada tadbirkorlarga ajratilgan 1,4 mlrd so‘mlik subsidiya noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlandi | Zamon.uz