O'zbekiston

Ilm — maʼrifat integratsiyasi

Akademik Shavkat Ayupov maqolasi “Pangea Globe” nashrida chop etildi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilishi jarayonida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining roli va ilmiy hamkorlikdagi faoliyati har tomonlama tahlil etilgan.

Ilm — maʼrifat integratsiyasi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov muallifligida jahonning nufuzli Newsweek “Pangea Globe” nashrida chop etilgan maqolasi biz uchun quvonchli voqea bo‘ldi. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilishi jarayonida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining roli va ilmiy hamkorlikdagi faoliyati har tomonlama tahlil etilgan. Muallif Markazning tashkil etilishi mamlakatning maʼnaviy, ilmiy va madaniy hayotida yangi bosqichni boshlab bergani, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida taʼkidlaydi. 

 


Bunday nufuzli nashrda chop etilgan maqolada Markaz faoliyatidagi asosiy vazifalari — ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, fundamental tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ekspozitsiya va muzey konsepsiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish masalalari atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga, Akademiyaning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, xalqaro forum va konferensiyalardagi faol ishtiroki Markazning ilmiy salohiyati va nufuzini oshirishda muhim omil sifatida baholanadi.      

 


Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2025 yil 29 yanvardagi topshirig‘iga muvofiq, Fanlar akademiyasiga Islom sivilizatsiyasi markaziga ilmiy-uslubiy va tashkiliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Fanlar akademiyasi va uning tarkibiy bo‘linmalari Markaz bilan yaqin ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydilar. 

 


Fanlar akademiyasi Prezidenti Shavkat Ayupov va vitse-prezidenti Baxrom Abduxalimov boshchiligida akademiklar, olimlar va ilmiy muassasalarning faol ishtiroki natijasida Markazning muzey ekspozitsiyalari va kontentlari yuqori ilmiy saviyada tayyorlandi. Hamkorlik doirasida markaz faoliyati mazmunini boyitish va uning ilmiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 800 dan ortiq ilmiy-tadqiqot loyihalari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. 

 


Shuningdek, Markazning Kengaytirilgan ilmiy kengashi faoliyati doirasida Fanlar akademiyasi va turli ilmiy muassasalar olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar rejasi va yo‘nalishlari shakllantirildi, innovatsion va ilmiy dasturlar muvofiqlashtirildi xamda amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu loyihalar Islom sivilizatsiyasining ilmiy, maʼnaviy, madaniy va tarixiy merosini o‘rganish, uning jahon fan va madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini yoritish, shuningdek, zamonaviy ilmiy tahlillar asosida milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratildi.  


Fanlar akademiyasi va Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasidagi bu samarali hamkorlik kelgusida ham izchil rivojlanib, yangi ilmiy natijalar va amaliy yutuqlarni berishi shubhasiz.

 

Shu o‘rinda muxtaram prezidentimizning ilm-fan taraqqiyotiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘un rivojlanishiga, shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga ko‘rsatib kelayotgan doimiy eʼtibor va g‘amxo‘rligini alohida eʼtirof etamiz. Bu yuksak eʼtibor Markaz faoliyatida yangi marralar uchun ilhom va masʼuliyat bag‘ishlaydi.

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ilm — maʼrifat integratsiyasi | Zamon.uz