Jahon

Ilon Mask sun’iy yo‘ldoshlar orqali iqlimni boshqarishni rejalashtirilmoqda

Taklif dunyo bo‘ylab qiziqish bilan qarshilandi, ammo olimlar buni iqlim tizimiga noma’lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xavfli tajriba deb bilmoqda.

Ilon Mask sun’iy yo‘ldoshlar orqali iqlimni boshqarishni rejalashtirilmoqda

 

SpaceX bosh direktori Ilon Mask X (Twitter) platformasida insoniyatni global iqlim inqirozidan himoya qilishga qaratilgan yangi g‘oyasini e'lon qildi. Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt boshqaruvidagi va quyosh energiyasi bilan ishlaydigan sun’iy yo‘ldoshlar yulduz turkumi Yerga yetib keladigan Quyosh nuri miqdoriga kichik darajada tuzatish kiritish orqali global isish jarayonini cheklashi mumkin.

 

Nashr etilgan g‘oyaga ko‘ra, ushbu texnologiya global isishning oldini olish yoki aksincha, sayyorada ortiqcha sovish xavfini bartaraf etishga xizmat qilishi mumkin. Mask ushbu taklifga bildirilgan savollardan biriga javob berar ekan, bunday sun’iy yo‘ldoshlar yordamida “kuchli global mexanizmga aylanmasdan ham aniq va nazoratli tuzatishlar kiritish mumkin”ligini ta’kidladi.

 

SpaceX hozirda 9 mingdan ortiq Starlink sun’iy yo‘ldoshlaridan iborat tizimga ega. Ular hozircha Quyosh nurlarini to‘sish darajasiga chiqmagan, biroq astronomlar fikricha, mavjud sun’iy yo‘ldoshlar yulduzlar va olis kosmik obyektlarni kuzatishda muayyan cheklovlar tug‘dirmoqda.

 

Ilmiy doiralarda bunday tashabbus “quyosh geoinjeneriyasi” deb ataladi. Mazkur yo‘nalish iqlim o‘zgarishini yumshatish maqsadida Quyosh nurlarining ma’lum qismini bloklash yoki boshqarishni nazarda tutadi. Biroq mutaxassislar bu g‘oya atrofida jiddiy bahs-munozaralar mavjudligini qayd etmoqda. Olimlarning ko‘pchiligi texnologiya nazariy jihatdan amalga oshirilishi mumkinligini tan olsa-da, uning global iqlim tizimiga ta’siri oldindan to‘liq prognoz qilinmagani sababli nihoyatda xavfli ekanini ta’kidlamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ilon Mask sun’iy yo‘ldoshlar orqali iqlimni boshqarishni rejalashtirilmoqda | Zamon.uz