Jahon

Isroil rasmiylari yahudiylarni Nyu-Yorkdan chiqib ketishga chaqirmoqda

Endi shahar yahudiylar uchun xavfsiz shahar bo‘lmasligi aytilmoqda.

Isroil rasmiylari yahudiylarni Nyu-Yorkdan chiqib ketishga chaqirmoqda

Isroillik vazir Ammihay Shikli Nyu-Yorkda 34 yoshli musulmon siyosatchi Zohran Mamdaniyning g‘alabasidan so‘ng, shahardagi yahudiylarni Isroilga ko‘chib o‘tishga chaqirmoqda. Unga ko‘ra, endi Nyu-York endi yahudiylar uchun xavfsiz shahar bo‘lmaydi.

 

Isroilning diaspora masalalari va antisemitizmga qarshi kurashish vaziri Ammihay Shiklining 5 noyabr kundagi ijtimoiy tarmoqlardagi Mamadiyni “HAMAS tarafdori deb atagan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Nyu-York erkinlik ramzidan fanatiklar qarashini eslatuvchi shaxs qo‘lidagi shaharga aylandi”. Vazir yahudiylarni Isroilga qaytishga chaqirar ekan, “Nyu-York va London jarlikka qarab bormoqda”, - deb yozgan.

 

Isroillik vazirga ko‘ra, uning taklifini Milliy xavfsizlik vaziri va o‘ngchi “Soma Yexudi” partiyasi Iatamar Ben-Gvir qo‘llab quvvatlagan. U Mamdaniyni Isroil dushmani va ashaddiy antisemit deb taʼriflagan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra Nyu-York hozirda 1,3 million yahudiy istiqomat qiladi. Bu raqam Isroildan tashqaridagi eng yirik yahudiy jamoasi hisoblanadi. Mamadiy o‘z chiqishlarida hukumatni “aparteid rejimi”, “G‘azodagi urushni esa, genotsid deb atagan edi. Ammo HAMAS haqida u hech qanday izoh bermagan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil rasmiylari yahudiylarni Nyu-Yorkdan chiqib ketishga chaqirmoqda | Zamon.uz