O'zbekiston

Komil Allamjonov AQSHga o‘zbekistonliklar uchun 10 yillik viza joriy etishni taklif qildi

U buni 2026-yildan AQSH fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz tartib joriy etilishi fonida bildirdi.

Komil Allamjonov AQSHga o‘zbekistonliklar uchun 10 yillik viza joriy etishni taklif qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevaning maslahatchisi Komil Allamjonov o‘zbekistonlik fuqarolar uchun AQSH tomonidan 10 yillik vizalar joriy etilishini taklif etdi. Bu haqda Allamjonov 3-noyabr kuni X (sobiq Twitter) platformasidagi sahifasida ma’lum qildi.

 

U o‘z postida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab AQSH fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz kirish tartibi joriy etilishini eslatdi. Mazkur yangilikka izoh bildirgan AQSH davlat kotibi birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau vizasiz rejimni “Amerikalik sayyohlar uchun keng imkoniyatlar ochuvchi muhim qadam” sifatida baholadi.

 

Allamjonovning qayd etishicha, u yaqinda Kristofer Landau hamda AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuvda amerikalik turistlar uchun viza bekor qilinishi masalasini muhokama qilgan. Shu munosabat bilan u B1/B2 toifasidagi vizalar amal qilish muddati o‘zbekistonliklar uchun 1 yildan 10 yilgacha uzaytirilishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashi mumkinligini ta’kidladi.

 

“Allaqachon muhim qadam tashlandi — O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun ochiq. Endi o‘zbekistonliklarga ham Amerika vizasi muddatini uzaytirish imkoniyati berilsa, bu ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaydi”, — deya ta’kidladi Allamjonov.

 

U, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH o‘rtasida hamkorlik salohiyati yuqori ekanini qayd etdi: “Mintaqa va AQSH bir-biriga taklif qiladigan va bir-biridan oladigan foydali imkoniyatlar ko‘p. Muhimi — boshladik, bu jarayonning yo‘lga qo‘yilgani meni quvontiradi”, — dedi Allamjonov.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Komil Allamjonov AQSHga o‘zbekistonliklar uchun 10 yillik viza joriy etishni taklif qildi | Zamon.uz