Jahon

Mast erkak Meksika prezidentiga shilqimlik qildi

Prezident holatni “barcha ayollarga qarshi tajovuz” deb baholadi.

Mast erkak Meksika prezidentiga shilqimlik qildi

 

4-noyabr kuni Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum poytaxtdagi prezident saroyi yaqinida ommaviy tadbirga yo‘l olayotganida noma’lum shaxsning noo‘rin harakatlariga duch keldi. Bu haqda TAG24 xabar berdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aks etishicha, Sheynbaum yo‘lda fuqarolar bilan salomlashib, suratga tushayotgan paytda mast holatdagi erkak unga yaqinlashib, avval yelkasidan quchoqlagan, so‘ngra belidan ushlab, bo‘ynidan o‘pishga uringan. Prezidentning xavfsizlik xodimi vaziyatga zudlik bilan aralashib, shaxsni chetga olib chiqqan va u qo‘lga olingan.

 

Prezident holatni xotirjam tarzda qolib — erkak bilan suratga tushishga rozi bo‘lgan va vaziyatni keskinlashtirmaslikka harakat qilgan.

 

Sheynbaum 5-noyabr kuni bergan bayonotida voqeani “barcha ayollarga nisbatan tajovuzning ifodasi” deb baholadi. U bezoriga nisbatan rasmiy shikoyat kiritganini ham ma’lum qildi.

 

“Bu hodisa shaxsan menga emas, mamlakatimizdagi har bir ayolga tegishli. Bunday vaziyatni men avval ham boshdan kechirganman – nafaqat prezident sifatida, balki talabalik yillarimda ham”, — dedi Sheynbaum.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Mast erkak Meksika prezidentiga shilqimlik qildi | Zamon.uz