O'zbekiston

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar eng ko‘p qayd etilgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi — IIV

Ushbu chora moliya tashkilotlarining axborot xavfsizligi siyosatini kuchaytirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar eng ko‘p qayd etilgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi — IIV

 

Har yil yakunida kiberjinoyatlar eng ko‘p sodir etilgan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaviy ravishda e’lon qilinadi. Bu haqda 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi, kapitan Maqsudjon Mirabdullayev ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi 153-sonli qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi mamlakatda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilangan. Mazkur qaror bilan banklar va to‘lov tashkilotlariga kiberjinoyatlarning oldini olish, axborot xavfsizligi siyosatiga rioya etish borasida qat’iy javobgarlik yuklatilgan.

 

IIV vakili ta’kidlashicha, ilgari ayrim bank yoki to‘lov tizimlarida katta miqdordagi mablag‘ o‘g‘irlanishi yoki noqonuniy yechib olish holatlari kuzatilganida bu ma’lumotlar ommaga taqdim etilmas edi. Endilikda esa yil yakunida qaysi bank samarali faoliyat ko‘rsatgani, qaysi biri esa zaifliklariga ko‘ra kiberjinoyatlarga imkon yaratgani bo‘yicha ochiq statistik ma’lumotlar e’lon qilinadi.

 

Shuningdek, bank yoki to‘lov tashkiloti aybi bilan fuqarolarning mablag‘lari o‘zlashtirilgan holatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib boriladi. Ushbu ma’lumotlarda jinoyat qanday usulda amalga oshirilgani va yetkazilgan zarar miqdori ochiq yoritiladi.

 

Mazkur amaliyot banklar va to‘lov tizimlarining kiberxavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirishi, tizimdagi zaifliklarni bartaraf etishga undashi hamda kiberjinoyatlarning oldini olishda samaradorlikni ta’minlashi kutilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar eng ko‘p qayd etilgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi — IIV | Zamon.uz