O'zbekiston

O‘zbekistonda “Onlayn shifokor” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Yangi tizim favqulodda holatlarda masofadan tibbiy maslahat olish imkonini beradi.

O‘zbekistonda “Onlayn shifokor” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

 

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab shoshilinch tibbiy yordam xizmatida “Onlayn shifokor” funksiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur tizim aholiga favqulodda holatlarda masofadan turib tezkor tibbiy maslahat olish imkonini yaratadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ta’kidlanishicha, yangi xizmat shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarining shifoxona va poliklinikalar bilan integratsiyasini kuchaytirib, qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi hamda yordam ko‘rsatish sifatini oshiradi. Loyiha sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi davrda tizimda bir qator samaradorlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Xususan, 2400 nafar dispetcher maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lib, natijada manzilga yetib borishdagi kechikishlar 1,1 foizdan 0,3 foizga qisqardi. Tez yordam brigadalarining qo‘ng‘iroqlarga o‘rtacha yetib borish vaqti esa 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha kamaygan.

 

So‘nggi sakkiz yil davomida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari soni 818 tadan 1600 taga, brigadalar soni esa 1600 tadan 2800 taga oshdi. Bir chaqiriq uchun dori vositalari xarajati 750 so‘mdan 11 800 so‘mga yetgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda “Onlayn shifokor” xizmati yo‘lga qo‘yiladi | Zamon.uz