Jahon

Putin Rossiyada yadroviy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi

Ushbu topshiriq Trampning yadroviy sinovlarni tiklash haqidagi bayonotidan so‘ng berildi.

Putin Rossiyada yadroviy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi

Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Vladimir Putin Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda tegishli idoralarga yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi. Mazkur ko‘rsatma AQSh prezidenti Donald Trampning yadroviy sinovlarni qayta boshlash haqidagi bayonotidan so‘ng berilgani ta’kidlanmoqda.

 

Putin masala bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Xavfsizlik kengashida muhokama qilinishini so‘radi. Mudofaa vaziri hamda Bosh shtab rahbari yadroviy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tez fursatda boshlash zarurligini bildirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sinovlar qisqa muddat ichida Novaya Zemlya hududida amalga oshirilishi ehtimoli mavjud.

 

Mutaxassislar yadroviy sinovlarning qayta boshlanishi global xavfsizlik muvozanatiga jiddiy tahdid solishi, shuningdek, boshqa yadroviy davlatlar tomonidan ham shunga o‘xshash choralarning ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

 

Kreml vakili Dmitriy Peskovning aytishicha, mazkur jarayonlar bo‘yicha aniq muddat belgilanmagan. Qaror AQShning ushbu boradagi rejalari to‘liq o‘rganilgandan keyin qabul qilinishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Putin Rossiyada yadroviy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi | Zamon.uz