O'zbekiston

Samarqandda YUNESKOning yangi bosh direktori saylandi

U 15 noyabr kuni to‘rt yillik muddatga o‘z lavozimiga kirishadi.

Samarqandda YUNESKOning yangi bosh direktori saylandi

Bugun, 6-noyabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasi tashkilotning yangi bosh direktori etib misrlik Xolid al-Enaniyni sayladi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, YUNESKOning 12-bosh direktori bo‘lgan Xolid al-Enani 174 ta byulletendan 172 tasini olgan. U 15 noyabr kuni to‘rt yillik muddatga o‘z lavozimiga kirishadi.

 

Qayd etilishicha, u tashkilotning arab mamlakatidan bo‘lgan birinchi rahbari va Afrikaning ikkinchi vakili hisoblanadi.

 

Xolid Ahmad El-Enaniy Ali Ezz 1971 yilda tug‘ilgan. U taniqli misrshunos va Xeluan universitetining misrshunoslik professori bo‘lib, u yerda 30 yildan ortiq vaqt davomida dars berib kelmoqda.

 

2014-2016 yillarda Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi, shuningdek, Qohiradagi Misr muzeyini boshqargan. 2016 yildan 2022 yilgacha u Misrning qadimiy yodgorliklar vaziri, keyin esa turizm va qadimiy yodgorliklar vaziri lavozimlarida ishlagan. 2024 yil noyabr oyida Jahon sayyohlik tashkiloti uni madaniy turizm bo‘yicha maxsus elchi etib tayinladi va keyinchalik u Afrika Jahon merosi jamg‘armasining homiysiga aylandi.

 

Al-Enaniy bir qator xalqaro ilmiy jamiyatlar aʼzosi, arab, fransuz va ingliz tillarini biladi va bir nechta xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

 

U bu lavozimda 2017 yildan beri YUNESKOga rahbarlik qilib kelgan Odri Azule o‘rnini egalladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda YUNESKOning yangi bosh direktori saylandi | Zamon.uz