O'zbekiston

Sirdaryoda ota nabirasi uchun 36 mln aliment to‘ladi

Qarzdor o‘g‘il chet davlatga ketib, aliment to‘lamay kelgan.

Sirdaryoda ota nabirasi uchun 36 mln aliment to‘ladi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ota xorijda bo‘lgan o‘g‘lining o‘rniga nevarasi uchun aliment to‘ladi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan aliment to‘lovidan qarzdorligi bo‘lgan fuqaroning fuqarolik pasportini olish uchun O‘zbekistonga kelishiga to‘g‘ri kelgan, lekin MIB xodimlarining taqiqi uchun u qayta xorijga chiqa olmasligini bilib, aliment qarzini to‘lalash uchun MIB idorasiga otasini yuborgan.

 

Sud qaroriga asosan qarzdor A.A.dan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment puli undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

 

Biroq qarzdor ota chet davlatga ketib, aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

 

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari va tushuntirish ishlari natijasida qarzdorning otasi tomonidan nabirasiga voyaga yetguniga qadar hisoblangan 36 mln so‘m aliment pulini 3000 AQSH dollari ko‘rinishida to‘lab berdi.

 

Shu bois taraflarning kelishuvi va undiruvchining arizasiga binoan mazkur ijro hujjatining ijrosi tamomlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sirdaryoda ota nabirasi uchun 36 mln aliment to‘ladi | Zamon.uz