O'zbekiston

So‘xga kirishda uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelayotgani aytilmoqda

Zamon'uz bilan bog‘langanlarga ko‘ra, 100 minglab aholi So‘xga kirishga qiynalmoqda.

So‘xga kirishda uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelayotgani aytilmoqda



Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklar So‘x tumaniga kirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Qayd etilishicha, 100 minglab aholi So‘xga kirishga qiynalmoqda.

 

Zamon.uz muxbiri vaziyat haqida maʼlumot olish uchun, bloger “Dima Qayum” bilan suhbatlashdi.

 

Uning aytishicha, bu hodisa 10 kundan buyon davom etmoqda va hali ham vaziyat shunday. Aholi 3-4 yoki 5 soatlab vaqt sarflamoqda. Shu sabadan odamlar soni ko‘payib ketgan. Bloger holat O‘zbekistondagi chegarada emas, balki Qirg‘iziston hududida sodir bo‘layotganini maʼlum qildi.

 

Zamon.uz muxbiri hodisaga oydinlik kiritish uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov bilan bog‘landi. Burhonovga ko‘ra, bu vaziyatdan ularning xabari bor. O‘zbekistonlik diplomatlar hozir qirg‘izistonlik hamkasblari bilan mana shu masalalarni hal qilmoqda.

 

Uning maʼlum qilishicha, tirbandlik u darajada katta emas.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

So‘xga kirishda uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelayotgani aytilmoqda | Zamon.uz