O'zbekiston

Toshkent aeroportida “Umra ziyoratchisi” ushlandi

U noqonuniy dori vositalarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Toshkent aeroportida “Umra ziyoratchisi” ushlandi

 

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan dori vositalarini noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tishning o‘zgacha usuli fosh etildi. Xorijdan kelgan yo‘lovchi umumiy qabul qilish zalida “yashil yo‘lak”dan o‘tmoqchi bo‘lgan va o‘zini umradan qaytgan ziyoratchi sifatida ko‘rsatgan. Bu haqda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yo‘lovchining asabiy harakatlari bojxona inspektorlarining e’tiborini tortgan. Shundan so‘ng uning yuki qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida mazkur shaxs Saudiya Arabistonidan emas, aslida Dehlidan uchib kelgani aniqlangan.

 

Ko‘rik davomida uning bagajidan turli nom va markadagi 1 798 dona dori vositasi topilgan. Ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 204 million so‘mdan ortiq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yo‘lovchi dori vositalarining kelib chiqishi, sifati yoki mamlakatga olib kirilishiga ruxsat beruvchi hech qanday hujjatni taqdim eta olmagan.

 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan bo‘lib, shaxsning noqonuniy faoliyatga aloqadorligi hamda dori vositalari qayerdan va qanday maqsadda olib kirilgani yuzasidan surishtiruv davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent aeroportida “Umra ziyoratchisi” ushlandi | Zamon.uz