O'zbekiston

Yangi moliyaviy piramida ommalashmoqda. Uni IIB xodimlari reklama qilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan so‘ng IIV surishtiruv boshladi.

Yangi moliyaviy piramida ommalashmoqda. Uni IIB xodimlari reklama qilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yangi moliyaviy piramida avj olgani va uni “organ” xodimlari targ‘ib qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV holatga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda shakli va uslubi jihatidan oldingilardan umuman farq qilmaydigan yangi XCM moliyaviy piramidasi ommalashib bormoqda. U boshqa moliyaviy piramidalaridan farqli ravishda mehnat jamoalari, hatto ichki ishlar tizimida faoliyat olib boruvchi shaxslar ham bilib-bilmasdan XCM targ‘ibotiga, ko‘proq odamlarning aldanishiga “hissa” qo‘shmoqda.

 

XCM nima?

 

XCM, yaʼni X Connection Media Avstraliyada tashkil etilgan onlayn media kompaniyasi ekani, 2024 yil 4 avgustda tashkil qilingani va sertifikat olgani aytiladi. Internetda reklama va onlayn marketing loyihaning maqsadi sifatida qayd etilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, odamlarning unga qo‘shilish uchun depozit qo‘yishga majbur. “Loyiha” depozit qo‘yish majburiyatini “xavfsiz hamkorlik muhiti yaratishga yordam berishi” bilan izohlangan.

 

Kun.uz‘ning yozishicha, ana shu izohning o‘ziyoq XCM moliyaviy piramida ekanini bildirib turibdi. Chunki xavfsizlik hamkorlik muhiti pul bilan emas, huquqiy asoslar bilan yaratiladi.

 

"Negaki, xavfsiz hamkorlik muhiti pul to‘lovi bilan emas, odatda huquqiy asoslar bilan yaratiladi. Aksincha, “Biror bir qonuniy asosga ega bo‘lmagan va kelib chiqishining tayini bo‘lmagan kelishuv bilan depozitga pul qo‘yish muqarrar aldanib qolish degani", - deyiladi surishtiruv maqolasida.

 

Aldov nuqtasi videolarga like bosish va izoh yozishga asoslangan tizim shaklida ishlaydi.

 

Tarmoqlarda tarqalgan videolavhada XCM‘ga ko‘proq odamni jalb qilish va ularni depozit qilishga chorlash haqida bu holatni oldini olish kerak bo‘lgan IIB xodimlari ham jalb qilingan.

 

Kun.uz‘ga ko‘ra, shunday “targ‘ibotchilardan” biri Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani IIB profilaktika inspektori.

 

“Haqiqatan ham bu jamoa bilan ishlab, ko‘p bonuslar, undan tashqari, topshiriqlar bajarish orqali yuqori sarmoyaga ega bo‘lyapman. Bu to‘g‘risida o‘z hamkasblarimga ham maʼlumot berib, ularga ham aʼzo bo‘lishga taklif qildim. Ko‘pchilik ijobiy fikr bildirib, aʼzo bo‘lmoqda”, — degan profilaktika inspektori.

 

Maʼlum bo‘lishicha, moliyaviy piramidani tashkil qilishda IIB xodimlari ko‘pchilikni tashkil qiladi.

 

Mazkur holatga IIV matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov rasmiy munosabat bildirdi.

 

Unga ko‘ra, holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ichki ishlar-organlari xodimlarining ushbu platformani targ‘ib qilishida ishtiroki bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi.

 

Zamon.uz hodisani kuzatishda davom etmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Yangi moliyaviy piramida ommalashmoqda. Uni IIB xodimlari reklama qilyaptimi? | Zamon.uz