Jahon

Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolari uchun ko‘p martalik Shengen vizalarini taqiqlashi mumkin

Qaror qabul qilinsa, rossiyaliklarga faqat bir martalik vizalar beriladi.

Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolari uchun ko‘p martalik Shengen vizalarini taqiqlashi mumkin

 

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiya fuqarolariga ko‘p martalik Shengen vizalarini berishni taqiqlash masalasini joriy hafta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Politico nashri 5-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining uch nafar rasmiysiga tayanib xabar berdi deydi dw.com nashri.

 

Loyiha qabul qilinsa, rossiyaliklar faqat bir martalik (yagona safar uchun) Shengen vizalarini olishlari mumkin bo‘ladi. Gumanitar sabablarga ko‘ra Yevropaga kelishni rejalashtirganlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan shaxslar uchun istisnolar ko‘zda tutilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu chorani joriy etish taklifi Ukrainadagi urush bilan bog‘liq bo‘lib, Rossiya uchun navbatdagi sanksiya sifatida ilgari surilmoqda. Biroq, nashr qayd etishicha, viza berish bo‘yicha yakuniy qaror har bir davlat hukumatining vakolatiga kiradi. Shu bois, YeI viza talablari bo‘yicha umumiy qoidalarni qat’iylashtirishi mumkin bo‘lsa-da, ularni to‘liq taqiqlash to‘g‘risida yakka tartibda qaror qabul qila olmaydi.

 

Avvalgi cheklovlar

2022-yil sentabr oyida, Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan soddalashtirilgan viza tartibini bekor qilgan, viza to‘lovini 35 yevrodan 80–90 yevrogacha oshirgan hamda arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirgan edi. Shuningdek, Polsha, Latviya, Litva, Estoniya va Chexiya kabi bir qator Yevropa davlatlari rossiyaliklarga sayyohlik vizalarini berishni to‘xtatgan.

 

Mazkur choralar va boshqa sanksiyalar natijasida Yevropa Ittifoqiga safar qilayotgan Rossiya fuqarolari soni keskin kamaygan. 2021-yilda YeIga 4 milliondan ortiq rossiyalik tashrif buyurgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 517 ming, 2024-yilda esa 541 mingni tashkil etgan.

 

2024-yilda rossiyaliklarga berilgan Shengen vizalarining katta qismi janubiy Yevropa davlatlariga to‘g‘ri kelgan: Italiya — 152 mingdan ortiq, Fransiya — 124 ming, Ispaniya — 111 ming hamda Gretsiya — qariyb 60 ming viza bergan. Politico ma’lumotiga ko‘ra, Vengriya ham viza berish bo‘yicha yetakchi davlatlar safida.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolari uchun ko‘p martalik Shengen vizalarini taqiqlashi mumkin | Zamon.uz