O'zbekiston

Zangiotada egasi noma'lum 5 kilogramm narkotik modda topildi

Hozirda giyohvand moddalarni yashirgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Zangiotada egasi noma'lum 5 kilogramm narkotik modda topildi



Giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi va iste’moli jamiyat salomatligiga, yoshlar taqdiriga hamda mamlakat taraqqiyotiga jiddiy tahdid solishda davom etmoqda. Ushbu xavfli illatga qarshi keskin choralar ko‘rish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yirik hajmdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi fosh etildi.

 

Xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li yaqinidagi yashirilgan joydan giyohvand modda topildi. Tekshiruv jarayonida ilgari narkokurerlar tomonidan qoldirilgan 10 dona o‘ramda, jami 4 kilogramm 956 gramm “opiy” moddasining borligi aniqlanib, holislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda giyohvand moddalarni yashirgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur tergov va tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Zangiotada egasi noma'lum 5 kilogramm narkotik modda topildi | Zamon.uz