O'zbekiston

Bojxona nazoratida yangi tartiblar joriy etildi

Vazirlar Mahkamasi bojxona sohasida tartib-taomillarni soddalashtirish va takomillashtirishga qaratilgan qaror qabul qildi.

Bojxona nazoratida yangi tartiblar joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi qarori bilan bojxona nazorati shakllari yagona hujjatga birlashtirildi. Endi hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish, bojxona ko‘zdan kechiruvi, shaxsiy ko‘rik va transport vositalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish kabi jarayonlar aniq tartibga solindi. Shu bilan birga, deklarantlar tomonidan tovarlarni ko‘zdan kechirish imkoniyati ham rasmiylashtirildi.

 

Yangi qaror bilan ilgari normativ-huquqiy hujjatlarda mavjud bo‘lmagan tartibotlar ham belgilandi. Masalan, texnik xodimlar, xizmat itlari va texnik vositalardan foydalanish, tovarlarni qayta yuklash jarayonida nazorat o‘rnatish, shuningdek, chekka bojxona postlarida kuchaytirilgan nazorat tizimi endi rasmiylashtirilgan. Bojxona auditi va vakolatli idoralarni xabardor qilish tartibi ham aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini rasmiylashtirish tartibida ham yangiliklar kiritildi. Endi xavflarni boshqarish tizimi orqali pochta jo‘natmalarini nazorat qilish, elektron tijoratdagi tovarlarni eksportga rasmiylashtirish va jo‘natmalar deklaratsiyasi tushunchalari tartibga solindi. Bu o‘zgarishlar xalqaro savdo va onlayn savdoni soddalashtirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, bojxona postlarida transport nazorati axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi, vaqtincha olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona imtiyozlari muddati va shartlari belgilandi. Elektron deklaratsiyalash tartibotlari takomillashtirildi va sariq yo‘lakda ekspertiza o‘tkazish huquqi berildi. Chegara bojxona postlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi ham amaliyotga joriy etildi. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bojxona nazoratida yangi tartiblar joriy etildi | Zamon.uz