O'zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon jinoyatlarga oid mobil qurilmalar bo‘yicha ma’lumot almashadi

Ikki davlat o‘g‘irlangan va klonlangan telefonlar bo‘yicha yagona axborot tizimini joriy etadi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon jinoyatlarga oid mobil qurilmalar bo‘yicha ma’lumot almashadi

O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida klonlangan, o‘g‘irlangan, yo‘qolgan yoki jinoyat faoliyati bilan bog‘liq mobil qurilmalar haqida axborot almashish bo‘yicha bitim tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi. Shunga muvofiq, ikki davlat huquq-niyat organlari endi jinoyatda ishlatilgan yoki noqonuniy ravishda qo‘lga kiritilgan mobil qurilmalarni aniqlashda o‘zaro ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul organ etib Raqamli texnologiyalar vazirligi belgilandi. Mazkur tizim ishga tushirilgach, davlatlar o‘rtasida IMEI-kodlar, qurilma egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va jinoyat sabablari bo‘yicha tezkor ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa noqonuniy sotuvlar, “qora bozor” va jinoyat tarmoqlarini aniqlashda muhim vosita bo‘lishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, bitim kuchga kirgach, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli idoralar uning ijrosi ustidan monitoring va nazoratni ta’minlaydi. Mazkur hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashda, ayniqsa, transchegaraviy mobil aloqa vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.

 

Avvalroq, 19-may kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilingan edi. Ushbu hujjat ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va mustaqillik hamda hududiy yaxlitlikni hurmat qilish tamoyillariga asoslanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Ozarbayjon jinoyatlarga oid mobil qurilmalar bo‘yicha ma’lumot almashadi | Zamon.uz