O'zbekiston

O‘zbekistonda bog‘chalar soni 38 mingdan oshdi

Maktabgacha ta’lim tizimida o‘sish kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda bog‘chalar soni 38 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 38 058 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 2 085 taga ko‘p bo‘lib, mamlakatda bog‘chalar tarmog‘ining izchil kengayib borayotganini anglatadi.

 

Mamlakat bo‘ylab bog‘chalarning katta qismini — 28 729 tasini oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etadi. So‘nggi yillarda bunday muassasalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha islohotlar natija bermoqda.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p bog‘chalar Samarqand (4 507 ta), Andijon (4 324 ta), Qashqadaryo (4 216 ta) va Farg‘ona (4 189 ta) viloyatlarida faoliyat yuritmoqda. Eng kam ko‘rsatkich esa Toshkent shahri (1 047 ta) va Sirdaryo viloyatida (1 145 ta) qayd etilgan.

 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bog‘chalar sonining ko‘payishi bolalarning erta rivojlanishi va sifatli ta’lim olishini ta’minlash bilan birga, ota-onalarning mehnat bozorida faol ishtirok etishiga ham yordam bermoqda. Shu bilan birga, sifat nazorati va tarbiyachilar malakasini oshirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda bog‘chalar soni 38 mingdan oshdi | Zamon.uz