O'zbekiston

O‘zbekistonda xususiy tibbiyot sektori ulushi 30 foizga yetdi

9 mingdan ortiq xususiy klinikalar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda xususiy tibbiyot sektori ulushi 30 foizga yetdi

O‘zbekistonda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarda xususiy sektor ulushi 30 foizga yetdi, deya xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Jumladan, oftal’mologiya va operativ oftal’mologiya xizmatlarining 60 foizi, LOR va endoskopik LOR xizmatlarining 70 foizi, stomatologik tashxis va muolajalarning esa 91 foizi xususiy klinikalar tomonidan taqdim etilmoqda. Shuningdek, laboratoriya xizmatlarining 40 foizi ham xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

2017 yilda xususiy shifoxonalar soni taxminan 3,5 mingni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ular 9 mingdan oshgan. Natijada, sakkiz yil ichida xususiy sektorning barcha turdagi tibbiy xizmatlardagi ulushi 10 foizdan 30 foizga ko‘tarilgan. Shu davrda xususiy klinikalarning o‘rni, ayniqsa, Toshkent, Samarqand va Farg‘ona kabi yirik shahar va viloyat markazlarida sezilarli darajada oshgan.

 

Vazirlik ta’kidlashicha, sohada litsenziyalash va akkreditatsiya tizimi joriy etilgan, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha Milliy standartlar tasdiqlangan. Shu bilan birga, xususiy sektor mutaxassislarining malakasini oshirish tizimi ham amaliyotga kiritilgan. Bu esa xizmat sifatini yaxshilash va aholiga xavfsiz, zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon yaratadi.

 

Kelajakda chegara hududlarda klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan tibbiyot klasterlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mutaxassislar fikricha, bunday klasterlar aholiga qulaylik yaratib, tibbiy xizmatlarning mintaqaviy teng taqsimlanishini ta’minlaydi va xususiy sektorning rivojlanishiga katta turtki beradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda xususiy tibbiyot sektori ulushi 30 foizga yetdi | Zamon.uz