Jahon

Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT pullik modellaridan bepul foydalanadi

Sun’iy intellekt ta’lim tizimida innovatsiyalarni rivojlantirishga yordam berishi aytilmoq.

Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT pullik modellaridan bepul foydalanadi

Qozog‘iston Respublikasi Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakat hukumati OpenAI kompaniyasi bilan ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi. Hujjat Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tasdiqlangan.

 

Memorandumga ko‘ra, Qozog‘iston o‘qituvchilariga uch yil davomida har yili kamida 165 mingta ChatGPT Edu litsenziyasi taqdim etiladi. Ushbu maxsus Edu versiyasi ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitish jarayonini optimallashtirish va o‘quvchilarning ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi.

 

Tashabbusning asosiy maqsadi — ta’limda innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, ma’muriy yukni kamaytirish va o‘qituvchilar vaqtini samarali taqsimlashdir. Shu orqali o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga ko‘proq e’tibor qaratishi, talabalarning rivojlanishini yaxshilashi kutilmoqda.

 

OpenAI vakili Kevin Millsning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab o‘qituvchilar allaqachon sun’iy intellektdan foydalangan holda ma’muriy vazifalarni kamaytirib, o‘quvchilarga ko‘proq vaqt ajratmoqda. Qozog‘iston hukumati bilan tuzilgan kelishuv esa mahalliy o‘qituvchilarga ChatGPT’dan samarali foydalanish va uning afzalliklarini butun mamlakat ta’lim tizimiga joriy etish imkonini beradi. 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT pullik modellaridan bepul foydalanadi | Zamon.uz