O'zbekiston

Andijonda YPX patrul mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Tezlikni oshirgan Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida navbatchilik qilayotgan patrul avtomobiliga urilgan.

Andijonda YPX patrul mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida Yo‘l-patrul xizmati (YPX) avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH aks etgan videolavhalar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 7-noyabr kuni soat 14:15 larda Oltinko‘l tumanidagi Uyshin mahallasi hududidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘lining 142-kilometrida sodir bo‘lgan. YPXning Lacetti rusumli patrul avtomobili yo‘l chetida navbatchilik tartibida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.

 

Shu vaqtda Oltinko‘l–Andijon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan Nexia rusumli avtomobil haydovchisi tezlikni oshirgan holda boshqaruvni yo‘qotib, patrul avtomobiliga urilgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan, biroq transport vositalariga texnik zarar yetgan. Ayni paytda voqea bo‘yicha tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, holat yuzasidan huquqiy baho beriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda YPX patrul mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi | Zamon.uz