Jahon

Braziliyada kuchli tornado sabab binolar vayron bo‘ldi

Ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 250 kilometrdan oshgan.

Braziliyada kuchli tornado sabab binolar vayron bo‘ldi

Braziliya janubidagi Parana shtatida kuchli tornado yuz berib, ko‘plab binolar va infratuzilmalarga jiddiy zarar yetkazdi. Mahalliy hokimiyat xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, 130 dan ortiq inson jarohat olgan. Yaradorlarning bir qismi og‘ir ahvolda shifoxonalarga yetkazilgan.

 

Meteorologlar tornadoni kuchli “supersel” bulut tizimi bilan bog‘lamoqda. Ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 250 kilometrdan oshgani qayd etildi. Bu esa tornado kuchi Fujita shkalasi bo‘yicha F2–F3 toifasiga mos kelishini anglatadi.

 

Tabiiy ofat natijasida yuzlab uylar, savdo nuqtalari, maktablar va kommunal tarmoqlar shikastlangan. Shahar markazining katta qismida elektr taʼminoti uzilib, ko‘plab yo‘llar to‘silib qolgan. Favqulodda vaziyatlar xizmatlari qutqaruv va tiklash ishlariga jalb qilingan, mahalliy aholi vaqtinchalik xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinmoqda.

 

Hokimiyat vakillarining taʼkidlashicha, hududda zarar darajasi hali to‘liq baholanmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Braziliyada kuchli tornado sabab binolar vayron bo‘ldi | Zamon.uz