O'zbekiston

O‘zbekiston Birinchi xonimi dunyoda onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi

Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini alohida ta’kidlagan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi dunyoda onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

 

Qayd etilishicha, OncoDaily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha jahon kun tartibini belgilovchi yetakchilarni o‘z ichiga olgan “Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol” reytingini e’lon qilgan.

 

Ular orasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor.

 

Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini alohida ta’kidlagan.

 

“Ziroat Mirziyoyeva 2025-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va St. Jude tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat” nomli muhim forumga raislik qildi hamda jahon hamjamiyatini saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

Uning faoliyatida butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa yashovchanlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada past bo‘lgan mamlakatlarda bolalarga tibbiy yordamdan teng foydalanishni ta’minlash masalalari alohida o‘rin egallaydi. U milliy strategiyalarni 2030-yilga borib saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini 60 foizga yetkazishdek xalqaro maqsadlar bilan bog‘lash orqali O‘zbekistonning global sog‘liqni saqlash siyosatidagi o‘rnini mustahkamladi”, - deyiladi reytingda.

 

Ziroat Mirziyoyevaning xalqaro reytingga kiritilishi uning “yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashni milliy va global darajada kuchaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasining e’tirofi”, shu bilan birga, “Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligining tasdig‘i”dir.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi dunyoda onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi | Zamon.uz