O'zbekiston

O‘zbekistonda Saudiya Arabistoniga hamshiralarni ishga jalb qilish bo‘yicha tanlov boshlandi

Tanlovda 45 yoshgacha bo‘lgan ingliz tilini biluvchi nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

O‘zbekistonda Saudiya Arabistoniga hamshiralarni ishga jalb qilish bo‘yicha tanlov boshlandi

 

O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yetakchi tibbiyot muassasalariga hamshiralar va hamshiralik ishi bo‘yicha erkak mutaxassislarni ishga jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tanlov jarayonlari boshlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan hamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish yoki ushbu yo‘nalishdagi o‘rta maxsus tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom hamda kamida 1 yillik ish staji talab etiladi.

 

Saralashda 45 yoshgacha bo‘lgan, ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan erkaklar va ayollar qatnashishi mumkin. Arab tilini bilish ustunlik sifatida baholanadi.

 

Tanlov bosqichlari 2025-yil noyabr oyida Toshkent shahrida va respublikaning boshqa viloyatlarida o‘tkaziladi. Jarayonning ayrim qismi onlayn, ayrimlari esa an’anaviy tarzda o‘tkaziladi.

 

Ish joylari Saudiya Arabistonining eng yirik va zamonaviy tibbiyot muassasalarida taqdim etiladi. Ular orasida: Saudi German Hospital, Dr. Soliman Fakeeh Hospital, Dr. Sulaiman Al Habib Medical Group, Abeer Medical Group va boshqa nufuzli klinikalar mavjud.

 

Nomzodlarga 1000–1500 AQSh dollari miqdorida raqobatbardosh ish haqi taklif etiladi.

 

Ish beruvchi tomonidan yashash joyi, aviabiletlar, mehnat vizasi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sug‘urta kabilar ta’minlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda Saudiya Arabistoniga hamshiralarni ishga jalb qilish bo‘yicha tanlov boshlandi | Zamon.uz