O'zbekiston

Surxondaryoda o‘qituvchi o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Hodisaga u maktab direktori lavozimidan bo‘shatilgani sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda o‘qituvchi o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘g‘on tumanida o‘qituvchi o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur maktab Arpapoya mahallasida joylashgan bo‘lib, u yerda 2010-yildan 2025-yil 16-sentyabrgacha Z.A. direktor lavozimida ishlagan. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining 2025-yil 16-sentyabrdagi buyrug‘i bilan Z.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq bekor qilingan.

 

Shundan so‘ng sobiq direktor yangi rahbar faoliyatini boshlashiga qarshilik ko‘rsatgan. 2025-yil 13-oktyabr kuni maktabda tayinlov hujjatlari topshirilishi chog‘ida Z.A. tomonidan faol qarshilik bo‘lgan, biroq hech kim tan jarohati olmagan.

 

Boshqarma qaroriga ko‘ra, 39-sonli maktab rahbarligiga tegishli tartibda E.A. tayinlandi. Bugungi kunda maktabda o‘quv jarayoni barqaror holatda davom etmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Surxondaryoda o‘qituvchi o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi | Zamon.uz