Jahon

Tramp AQSHni sharmanda qilyapti — Jo Bayden

Amerika sobiq rahbari amaldagi prezidentni tanqid qildi.

Tramp AQSHni sharmanda qilyapti — Jo Bayden

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden amaldagi rahbar Donald Trampni keskin tanqid qildi. Bayden bunday bayonotni Demokratik partiyaning Nebraska shtati Omaha shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirida bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Trampning siyosiy chiqishlari va qarorlari Amerika demokratiyasi va milliy manfaatlariga xavf solmoqda.

 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘zini mamlakat manfaatlaridan yuqori qo‘yadi va jamiyatda taqsimlanish, ishonchsizlik va nizolarni kuchaytiruvchi siyosiy ritorikadan foydalanadi.

 

"Siz biz uchun ishlaysiz, biz siz uchun emas. Buni tushunishingizni istayman, janob prezident. Siz barcha amerikaliklar uchun ishlaysiz, faqat milliarderlar va millionerlar uchun emas. Mening jahlim chiqqan. Demokratiyada qirollar bo‘lmaydi. Sizning harakatlaringiz bizni mamlakat sifatida sharmanda qilmoqda", — dedi Bayden yig‘ilish davomida.

 

Bayden shuningdek, Trampning so‘nggi chiqishlarida saylov jarayoni haqidagi asossiz daʼvolar, adliya organlariga bosim va jurnalistlarga nisbatan tahdidlar kuzatilganini taʼkidladi. Uning fikricha, bu harakatlar demokratik tizim poydevorini zaiflashtiradi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp AQSHni sharmanda qilyapti — Jo Bayden | Zamon.uz