O'zbekiston

O‘zbekistonda narkojinoyatlar haqida xabar qilganlar mukofotlanadi

Hukumat giyohvandlikka qarshi kurashni mustahkamlash uchun fuqarolarni rag‘batlantirish va tezkor tekshiruv tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda narkojinoyatlar haqida xabar qilganlar mukofotlanadi

Prezident farmoni asosida narkotik vositalarning noqonuniy muomalasi haqida xabar bergan yoki aniqlashga ko‘maklashgan fuqarolar munosib rag‘batlantirilishi belgilandi. Buning tartibini Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi — deya xabar beradi hukumat qaror loyihasi.

 

Ichki ishlar vazirligi 2025 yil yakunigacha mahallalarda xizmat qiluvchi profilaktika inspektorlarini noqonuniy narkolaboratoriyalar va qo‘lbola qadoqlash sexlarini aniqlash bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi. Shu bilan birga, samarali faoliyat ko‘rsatgan xodimlarni byudjetdan tashqari mablag‘lar orqali rag‘batlantirish yoki mahallada aniqlangan taqdirda boshqa idoralar tomonidan intizomiy chora qo‘llash tartibi joriy etiladi.

 

Hujjatda 2026-yil 1-martga qadar ichki ishlar organlari uchun giyohvandlik vositalarini ekspress aniqlashga mo‘ljallangan zamonaviy texnik vositalar xarid qilinishi va amaliyotga joriy etilishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aylanmasiga qarshi chora-tadbirlar kuchaytiriladi, jazolar og‘irlashtiriladi va yoshlar ishtirokidagi jinoyatlar uchun alohida qat’iy chora belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda narkojinoyatlar haqida xabar qilganlar mukofotlanadi | Zamon.uz