Jahon

AQShda 40 kunlik tanaffus yakunlanmoqda - hukumat qayta ish boshlaydi

1,5 milliondan ortiq davlat xizmatchilari va harbiy xizmatchilar ishga qaytmoqda.

AQShda 40 kunlik tanaffus yakunlanmoqda - hukumat qayta ish boshlaydi

 

AQShda 40 kun davom etgan hukumat faoliyatining qisman to‘xtatilishi yakunlanmoqda. Senatorlar ikki partiya — demokratlar va respublikachilar o‘rtasida federal idoralarni qayta ishga tushirish imkonini beruvchi kelishuvni ma’qullashdi deb xabar berdi CNN.

 

Mazkur kelishuv natijasida 1,5 milliondan ortiq davlat xizmatchilari va harbiy xodimlar o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. Hukumatning yopilishiga sog‘liqni saqlash dasturlarini moliyalashtirish bo‘yicha kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan edi. Demokratlar Medicaid dasturiga subsidiyalarni saqlab qolish va sug‘urta soliqlari bo‘yicha imtiyozlarni kengaytirishni talab qildi, respublikachilar esa ushbu takliflarga qarshi chiqdi.

 

Murosaga erishishda Senatdagi respublikachilar yetakchisi Jon Tunning tashabbusi muhim omil bo‘ldi. U sog‘liqni saqlash subsidiyalariga oid masalani alohida ovozga qo‘yishni taklif etganidan so‘ng tomonlar bitimga kelishdi. Kelishuv xodimlarni to‘liq ishga qaytarish va ular faoliyat to‘xtagan vaqt uchun kompensatsiya to‘lashni ham nazarda tutadi.

 

Mazkur yopilish AQSh tarixida eng uzoq davom etgani bilan qayd etildi. Bungacha rekord 35 kun bo‘lib, u 2019-yilda Donald Tramp prezidentligi davrida kuzatilgan edi.

 

Uzoq davom etgan to‘xtalish ijtimoiy dasturlar faoliyatining qisqarishiga, aholining oziq-ovqat yordami hajmining kamayishiga, 1500 ga yaqin aviaqatnov bekor qilinishiga va iqtisodiyotga har kuni milliardlab dollar yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi.

 

Kelishuv endi Vakillar palatasi tomonidan tasdiqlanishi hamda Prezident imzosidan so‘ng kuchga kiradi. Shundan keyin federal idoralar to‘liq faoliyatini tiklaydi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQShda 40 kunlik tanaffus yakunlanmoqda - hukumat qayta ish boshlaydi | Zamon.uz