Jahon

BBC rahbarlari Tramp nutqini soxtalashtirgani uchun isteʼfoga chiqdi

BBC bosh direktori Tim Deyvin va BBC News rahbari Debora Terness AQSH prezidenti Donalʼd Trampning nutqi bilan bog‘liq “Panorama” hujjatli filmida yuz bergan xatoliklar sabab isteʼfoga chiqdi.

BBC rahbarlari Tramp nutqini soxtalashtirgani uchun isteʼfoga chiqdi

“BBC mukammal emas va biz doimo ochiq, shaffof va masʼuliyatli bo‘lishimiz kerak. Bu yagona sabab bo‘lmasa-da, BBC News atrofidagi hozirgi muhokamalar qarorimga taʼsir qildi. BBC umuman olganda yaxshi ishladi, lekin ayrim xatolar bo‘ldi va bosh direktor sifatida yakuniy javobgarlik mening zimmamda”, — degan Deyvi maktubida.

 

Unga ko‘ra, BBC boshqaruv kengashi bilan isteʼfoga chiqish muddatlarini kelishib, yaqin oylarda lavozimni yangi rahbarga tartibli ravishda topshirishni taʼminlaydi.

 

“Panorama" dasturida Tramp haqidagi voqea BBC‘ga zarar yetkazadigan darajaga yetdi. Ha, xatolar bo‘lgan, ammo BBC News tashkilot sifatida tarafkashlik qilgan degan ayblovlar yolg‘on”, - deya qo‘shimcha qilgan Debora Terness ham.

 

AQSH prezidenti Donald Tramp BBC rahbarlarining ketishini olqishlab, ularni “saylovga taʼsir o‘tkazmoqchi bo‘lgan nosamimiy odamlar” deb atadi.

 

“BBC rahbarlari 6 yanvardagi mening mukammal nutqimni tahrirlab, haqiqatni buzganlikda qo‘lga tushishdi. Bu demokratiya uchun dahshatli holat”, - deya yozgan u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

 

Tramp shuningdek, Boris Jonsonning Daily Mail gazetasidagi maqolasini ulashib, sobiq bosh vazirning “BBC litsenziya to‘lovini to‘lashdan bosh tortish kerak” degan fikrini maʼqullagan.

 

Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt esa BBCni “100 foiz soxta yangilik manbai” deb atab, bu hodisani “xolislikning butunlay yo‘qolganini ko‘rsatuvchi misol”, — deb baholadi.

 

BBC ichida ham ayrim jurnalistlar va muharrirlar “Panorama” jamoasining ish uslubini keskin tanqid qilishdi. Ichki tekshiruv natijalariga ko‘ra, ayrim tahrirchilar siyosiy kontekstni hisobga olmasdan lavhalarni “dramatik effekt” uchun qayta joylashtirgan.

 

BBC raisi Samir Shax ham ushbu voqealarga o‘z munosabatini bildirgan. “Bu BBC uchun qayg‘uli kun. Tim so‘nggi besh yil davomida ajoyib bosh direktor bo‘ldi. U BBCʼni qatʼiyat, maqsad va uzoqni ko‘ra bilish bilan boshqardi”, - degan Shax. U kengash Timni qo‘llab kelgani, ammo unga nisbatan kuchli bosim bo‘lgani va bu qaror sabablari tushunarli ekanini qo‘shimcha qilgan.

 

Tramp esa ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postida sobiq BBC vakillarini “insofsizlar” deya atagan.  “Hammaning isteʼfoga chiqayotganini ko‘ryapsizlar, chunki ular mening juda yaxshi nutqimni buzib ko‘rsatdi. Bu saylovlarga aralashmoqchi bo‘lgan juda insofsiz odamlar. Eng yomoni, ular eng yaqin ittifoqchilarimizdan deb hisoblanadigan mamlakatdan!”, - degan Oq uy rahbari. 

 

Isteʼfoga sabab bo‘lgan mojaro “The Telegraph” gazetasining maqolasidan keyin yuzaga kelgan. Gazeta BBC Panorama dasturi “Tramp: Ikkinchi imkoniyat?” filmida Trampning nutqi tahrirlangani, ikki alohida parcha ketma-ket kadr sifatida montaj qilingani sababli u tartibsizliklarni qo‘llab-quvvatlagandek ko‘ringanini taʼkidlagan. Bu haqda BBCʼning tahririy standartlar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Preskott tomonidan yozilgan ichki xatga tayanilgan.

 

Britaniya Madaniyat vaziri Liza Nendi ham bu vaziyatni “juda jiddiy” deb atagan va BBCʼga nisbatan boshqa ayblovlar ham borligini, eng og‘iri – “BBC murakkab mavzularni yoritishda tizimli tarafkashlikka ega” degan fikr ekanini aytgan.

 

Parlament quyi palatasining madaniyat, media va sport qo‘mitasi BBC raisidan vaziyat bo‘yicha izoh so‘rab rasmiy maktub yo‘llagan.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

BBC rahbarlari Tramp nutqini soxtalashtirgani uchun isteʼfoga chiqdi | Zamon.uz