O'zbekiston

Guliraʼno Qosimovaning sud ishi ochiq ko‘riladigan bo‘ldi

Farg‘ona viloyat sudlari uning videomurojaatiga izoh berdi.

Guliraʼno Qosimovaning sud ishi ochiq ko‘riladigan bo‘ldi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 29-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Guliraʼno Qosimova sud ishida unga adolatsiz munosabat qilinayotganini aytib, ishni ochiq sud muhokamasi orqali ko‘rib chiqishni talab qilib chiqqani aks etgan videomurojaat tarqalgandi.

 

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyat sudlari rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, ayni paytda jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudida A. X. va J. R.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda.

 

Joriy yilning 15 oktyabr kuni mazkur jinoyat ishini ko‘rish davomida jinoyat ishiga ilova qilingan jabrlanuvchilarning kiyimsiz holdagi videoyozuvi jabrlanuvchi G. Qosimova va uning himoyachisi - advokat M. Axmadaliyevning iltimosnomasiga asosan muxrlanib maxfiylashtirilgan.

 

24 oktyabr kuni o‘tkazilgan sud majlisida Furqat tuman IIB xodimlari va ekspertlarni so‘roq qilishda tezkor qidiruv faoliyatiga taalluqli maxfiy maʼlumotlar oshkor bo‘lishini oldini olish hamda yuqorida maxfiylashtirilgan videoyozuvni ko‘rsatish lozimligi sababli sud majlisining ularga nisbatan qismi yopiq sud majlisida o‘tkazish belgilangan. Sud majlisining Furqat tuman IIB xodimlarini so‘roq qilishdan qolgan barcha qismi ochiq sud majlisida o‘tkazilmoqda.

 

7 noyabr kuni o‘tkazilgan sud majlisida jabrlanuvchi G. Qosimova sud majlisini o‘tkazish tartibini buzgani sababli qonunchilikda belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan bo‘lsada, ogohlantirish taʼsir qilmasdan takroran sud majlisida tartibni buzib, raislik qiluvchining farmoyishiga bo‘ysunmasdan va sudni behurmat qilganligi sababli sudning ajrimiga asosan 2025 yil 7 noyabr kuni o‘tkazilgan sud majlisidan (shu kungi) chiqarib yuborilgan.

 

Keyingi sud majlisi 12 noyabr kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi belgilanib, sud jarayoni ochiq tarzda bo‘lib o‘tadi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Guliraʼno Qosimovaning sud ishi ochiq ko‘riladigan bo‘ldi | Zamon.uz