O'zbekiston

IIBB: Toshkentda tarqalgan “OIV/OITS yuqtiruvchi igna” videosi sahnalashtirilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki shaxs tomonidan ataylab “layk” va ko‘rishlar yig‘ish maqsadida sahnalashtirilgan video tarqatilgan.

IIBB: Toshkentda tarqalgan “OIV/OITS yuqtiruvchi igna” videosi sahnalashtirilgan

Toshkent shahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “yuqumli igna” haqidagi video asossiz va sahnalashtirilgan ekani aniqlandi. IIBB tomonidan olib borilgan surishtiruv natijasida video ikki shaxs tomonidan ataylab “layk” va ko‘rishlar yig‘ish maqsadida sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

 

Videoda go‘yoki shahar bog‘ida skameyka ustidan topilgan igna orqali OIV/OITS yuqtirish xavfi mavjudligi haqidagi iddaolar keltirilgan. Ushbu mazmun jamoatchilik o‘rtasida tashvish va muhokamalarga sabab bo‘lgan.

 

Surishtiruv davomida ishtirokchilardan biri mazkur harakat sahnalashtirilganini tan olib, keng auditoriya e’tiborini qozonish maqsadida tasvirga olinganini bildirdi. U qilgan ishi uchun afsusda ekanini va jamoatchilikdan uzr so‘rashini ma’lum qildi.

 

Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonda jamoat joylarida tasodifiy igna sanchilishi oqibatida OIV/OITS yuqtirilgan holatlar qayd etilmaganini ma’lum qildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, OIV tashqi muhitda barqaror emas: ochiq havoda va quyosh nuri ta’sirida virus 2–5 soat ichida yuqtirish xususiyatini yo‘qotadi. Shuningdek, bunday holat sodir bo‘lganda 72 soat ichida OITSning oldini olish markaziga murojaat qilish orqali infeksiya yuqishining oldi to‘liq olinishi mumkin.

 

Mazkur holat bo‘yicha videoni yaratgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi (“Yolg‘on ma’lumot tarqatish”) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Endilikda ular bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda, ya’ni 20 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha jarima bilan jazolanishi mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

IIBB: Toshkentda tarqalgan “OIV/OITS yuqtiruvchi igna” videosi sahnalashtirilgan | Zamon.uz