Malida ayol bloger qatl etildi
TikTok blogeri Mariam Sisse o‘zlarini “jihodchilar” deb atagan guruh tomonidan o‘ldirilgan.

Mali shimolida ijtimoiy tarmoqdagi faoliyati tufayli yosh ayol shafqatsizlarcha qatl etildi.
SCMP’ga tayanib xabar berilishicha, Tonka shahrida TikTok’da 90 000 dan ortiq obunachisi bo‘lgan Mariam Sisse o‘zlarini “jihodchilar” deb atagan guruh tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va qatl etilgan.
O‘ldirilgan blogerning oilasi va mahalliy hokimiyat vakillari voqeaning rostligini tasdiqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mariam Sisse o‘z hududida sodir bo‘layotgan voqealarni tasvirga olib, videolarni ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rgan.
Shuningdek, uning TikTok postlari orqali “Mali armiyasiga ma’lumot uzatishda” ayblangani sababli qatl etilgani taxmin qilinmoqda. Hodisa mamlakatda blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatining xavfsizligi masalasini yana bir bor jiddiy ko‘rsatmoqda






