O'zbekiston

Markaziy bank 18 ta bankni jarimaga tortdi — bu safar nomlari ochiqlandi

Banklar rasmiy saytlarida axborotni davlat tilida joylashtirmagani va shaffoflik talablarini buzganlikda ayblangan.

Markaziy bank 18 ta bankni jarimaga tortdi — bu safar nomlari ochiqlandi

 

Markaziy bank joriy yilning sentabr–oktabr oylarida tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida axborotlarni e’lon qilish tartibiga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkazgan monitoring yakunlarini e’lon qildi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, belgilangan talablarni buzgan 18 ta bankka ma’muriy choralar ko‘rildi.

 

Unga ko‘ra, har bir bankka 102 million so‘mdan, jami 1 milliard 836 million so‘m miqdorida jarima qo‘llangan.

 

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ayrim banklar veb-saytlarida axborotlar “Davlat tili haqida”gi Qonun talablari asosida davlat tilida joylashtirilmagani aniqlangan. Shuningdek, kredit ta’minoti sifatida qabul qilingan garov mulklarini kredit asosiy qarz qoldig‘iga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish tartibi joylashtirilmagani ma’lum bo‘ldi.

 

Mazkur holatlar quyidagi banklarning rasmiy internet sahifalarida aniqlangan: Agrobank, Anor Bank, Hayot Bank, Universal Bank, Garant Bank, Asakabank, Turonbank, Infinbank, Mikrokreditbank, Trustbank, Madad Invest Bank, Saderat Bank, Orient Finans Bank, Ipoteka Bank, Tenge Bank, Ziraat Bank Uzbekistan, AVO Bank va Open Bank.

 

Markaziy bank tijorat banklariga qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, aholiga taqdim etiladigan axborotning to‘liqligi va ochiqligini ta’minlash zarurligini eslatdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Markaziy bank 18 ta bankni jarimaga tortdi — bu safar nomlari ochiqlandi | Zamon.uz