O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot sohasi vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi

Mukofotlanganlar orasida yuqori texnologik davolash usullarini hududlarda joriy etayotgan yosh shifokorlar ham bor.

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot sohasi vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi

Kecha, 9-noyabr kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

 

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida davlatimizning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor bo‘lgan soha vakillariga mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Ular orasida dunyoning nufuzli oliygohlarida ta’lim va tajriba olib, yurtimizga qaytib ishlayotgan, yuqori texnologik muolajalarni amalga oshirayotgan yosh shifokorlar, aholimiz salomatligini saqlashda yaqindan ko‘mak berayotgan xorijiy hamkorlar ham bor.

 

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, odamlarni ishli va daromadli qilish, yoshlarga zamonaviy bilim va tarbiya berish, xalqimiz salomatligini mustahkamlash bo‘yicha islohotlar jadal olib borilayotganini ta’kidladi.

 

Natijada birlamchi tibbiyot muassasalarining quvvati 60 foizga oshib, tibbiy xizmat aholiga ancha yaqinlashdi. Ilgari asosan poytaxtda bajarilgan yuqori texnologik va diagnostika-davolash usullarining 400 dan ortig‘i hududlarda amalga oshirilmoqda. Yuzlab murakkab amaliyotlar viloyat markazlariga, kam invaziv operatsiyalar esa tuman darajasiga tushirildi.

 

– Birinchi marta 45 ta tumanda buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani inson salomatligi borasidagi ishlarimizning yaqqol amaliy tasdig‘idir, – dedi Prezidentimiz. – Yurtimizda o‘rtacha umr davomiyligi erkaklar o‘rtasida 71 dan 73 yoshga, xotin-qizlar orasida esa 76 dan 77,5 yoshga uzaygani sizlar bilan erishgan katta yutug‘imiz, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Albatta, mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lgan bunday ezgu ishlarda 600 mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, har qancha rahmat aytsak, arziydi.

 

Prezidentimiz davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, taqdirlanganlarni butun xalqimiz nomidan tabrikladi.

custom img

Surxondaryoda maktab o‘qituvchisi katta miqdorda narkotik modda sotayotganda qo‘lga olindi

Shuningdek, Sirdaryoda tojikistonlik narkokurerlar chagaradan uloqtirgan 6 sumka narkotik moddani qabul qilib olgan ikki shaxs ushlandi.

custom img

Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘illariga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi

Hujjatsiz avtomobil boshqargan bolalar sabab qo‘shnilar ularning otasi bilan gaplashmoqchi bo‘lgan, ammo erkak ular bilan janjallashib, haqorat qilgan.

custom img

Toshkentda o‘quvchilar kanaldan ko‘prik yo‘qligi sababli quvurlar orqali o‘tishga majbur bo‘lmoqda

Hokimlik Salar kanali ustida yangi ko‘prik qurilishi yaqin kunlarda boshlanishini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi

Jurnal tomonidan e’lon qilingan yangi reytingda Toshkent shahri va Islom sivilizatsiyasi markazi iyun oyida sayohat qilish uchun tavsiya etilgan yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

custom img

Erondan O‘zbekistonga kislotali bulutlar kelishi haqidagi xabarlar rad etildi

Mutaxassislar atmosferadagi jarayonlar sabab kislotali yog‘inlarning uzoq masofalarga xavfli darajada yetib kelishi deyarli mumkin emasligini ta’kidladi.

custom img

Yaqin Sharqdan 21 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi — TIV

Hozirda evakuatsiya asosan havo hududi ochiq bo‘lgan mamlakatlardan amalga oshirilmoqda.

custom img

Samarqandda Zulfiya mukofotini olgan shoiraga uy sovgʻa qilindi

Sovgʻa prezident topshirigʻiga asosan berilgan.

custom img

Yaqin Sharqdagi yurtdoshlar xavfsizligi doimiy nazoratda — Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari

Vakolatxonalar 24/7 rejimida faoliyat yuritib, fuqarolarga konsullik yordam ko‘rsatmoqda va maxsus @tiv_yordam_bot orqali murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot sohasi vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi