O'zbekiston

Sirdaryoda narkolaboratoriya fosh etildi: 4,3 kg mefedron va jihozlar musodara qilindi

Shuningdek Namanganda o‘tkazilgan reydlarda esa 9,7 kg gashish qo‘lga olindi hamda 3,2 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi kontrabanda dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi.

Sirdaryoda narkolaboratoriya fosh etildi: 4,3 kg mefedron va jihozlar musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkolaboratoriya fosh etildi.

 

Xususan, Guliston shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan shaxs va uning 1996-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hozirda Guliston shahrida istiqomat qiluvchi, 1995-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan fuqaro bilan kelishgan holda, uning xonadonida sintetik narkotik moddalar tayyorlab, “zakladka” tarzida mijozlarga yetkazib berish bilan shug‘ullanishgan.

 

Ushbu narkolaboratoriyadan 4 kg 373 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi, elektron tarozi, mikser, protivogaz, zip-paket va qadoqlashda ishlatiladigan boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Aniqlanishicha, og‘ufurushlar MDH davlatlari bo‘ylab internet tarmog‘ida sintetik narkotiklar sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh tomonidan xorijdan yuborilgan xom-ashyolardan foydalanib, giyohvandlik vositalari tayyorlashgan.

 

Hozirda mazkur 3 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan shaxs “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Uychi tumani “Yangiyer” MFY hududidan o‘tuvchi qismi orqali Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimizga qonunga xilof ravishda kirib kelgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

 

Mazkur shaxs tekshirilganida, uning yonida bo‘lgan sumka ichida 9 kg 702 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 1-qismi va 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Boshqa holatda esa Namangan shahrida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali Yangiqo‘rg‘on tumani hududiga kontrabanda qilingan, taxminiy qiymati 3,2 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan, 24122 dona “Regapen” va 4880 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda 45 turdagi jami 61287 dona kontrafakt dorilarni qabul qilib olib, ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Shundan so‘ng, ushbu dori vositalarini buyurtma qilgan shaxslar va kuryerlarni aniqlash yuzasidan tezkor tadbir davom ettirildi.

 

Natijada, Namangan shahri va Kosonsoy tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro aniqlanib, ular xaqiqatdan ham kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari va kontrafakt dorilarni Toshkent shahri hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sotish bilan shug‘ullanishlari maʼlum bo‘ldi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sirdaryoda narkolaboratoriya fosh etildi: 4,3 kg mefedron va jihozlar musodara qilindi | Zamon.uz