Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi
Ko‘rsatkich JSST tavsiya etgan me’yordan 23,6 barobar yuqorilagan.

Toshkentda havo ifloslanishi darajasi keskin oshdi. IQAir platformasi ma’lumotiga ko‘ra, shaharda PM2.5 zarrachalari konsentratsiyasi 118 mkg/m³ ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich JSST tavsiya etgan me’yordan 23,6 barobar yuqori.
Shuningdek, bugun Toshkent dunyo bo‘yicha eng iflos havoga ega uchta shahar qatoriga kirdi.
Mutaxassislar fuqarolarga iloji boricha ko‘chaga kam chiqishni, jamoat joylarida himoya niqoblaridan foydalanishni hamda derazalarni yopiq saqlashni tavsiya qilmoqda.







